"Real Madrid" yarim himoyachisi Luka Modrich qirollik klubida qolish uchun qurbonlik qilishga tayyor. Jurnalist Xose Luis Sanchesning xabariga ko'ra, xorvatiyalik futbolchi maoshini kamaytirishga rozi.
Manbaga ko'ra, Modrich "Real Madrid" rahbariyatidan taklif bo'lishini oxirigacha kutish niyatida.
Yarim himoyachi 11 yildan beri o'ynab kelayotgan "qirollik klubi" tarkibida faoliyatini yakunlashni orzu qilmoqda. Avvalroq 38 yoshli Modrich kelgusida joriy mavsumga qaraganda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Joriy mavsumda Luka Ispaniya chempionatida 2 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.