Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Jud Bellingemning Ispaniya chempionatining eng yaxshi to'purari uchun kurashi haqida fikr bildirdi.
"Biz bu narsalardan xavotir olmaymiz, Jud allaqachon mavsumdagi maqsadlariga erishgan. Biz uchun eng muhimi u ajoyib mavsum o'tkazdi", - deya Anchelotti so'zlarini keltiradi Madrid Zone.
Joriy mavsumda Bellingem Ispaniya chempionatining 26 ta uchrashuvida qatnashib, 18 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Snayperlar poygasi peshqadami "Jirona" hujumchisi Artem Dovbik bo'lib, u La Liganing 33 o'yinida 20 ta gol urgan. Aytish joizki, mavsum yakunlanishiga atigi uch tur qoldi.