Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti markaziy himoyachi Eder Militao Dortmundning “Borussiya”siga qarshi Chempionlar ligasi finalida ishtirok etishga hali tayyor emasligini tan oldi. Eslatib o'tamiz, turnirning hal qiluvchi bahsi 1 iyun kuni "Uembli"da bo'lib o'tadi.
"Ayni damda Militao Chempionlar ligasi finalida o'ynashga tayyor emas, ammo umid bor. Optimal formaga kirishi uchun unga o'yin amaliyoti kerak", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Mavsum boshida Militao tizzasidan jarohat oldi va bir necha oyni o'tkazib yubordi. Ushbu mavsumda Eder Ispaniya chempionatining atigi 7ta o'yinida maydonga tusha oldi.