"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu mavsumda qaysi epizod o'zi uchun eng qiyin bo'lganligi haqidagi savolga javob berdi.
"Eng qiyin payt? Mavsum boshida Madrid derbisida mag'lub bo'ldik, ammo bu mag'lubiyat juda muhim edi. Bu bizga ko'p narsani o'zgartirishimiz kerakligini anglab etishimizga yordam berdi, ayniqsa himoyada", - deya Anchelotti so'zlarini keltiradi Madrid Zone.
Aytish joizki, “Real”ning 6-turda “Atletiko”dan uchralgan mag'lubiyati (1:3) joriy La Ligada “Los Blankos” uchun yagona bo'lib turibdi.