"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa sardori Nacho Fernandes bilan bog'liq vaziyat haqida gapirdi. Mavsum yakunida ispaniyalikning "qirollik klubi" bilan shartnomasi o'z nihoyasiga etadi.
“Nachoning qolishini xohlaymanmi? Buni o'zi hal qiladi. U o'zi xohlagan narsani qilishda erkin", - dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Avvalroq Fernandes "Real"ni tark etishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi. 34 yoshli markaziy himoyachi ko'proq pul ishlash uchun faoliyatini AQSh yoki Saudiya Arabistonida davom ettirish niyatida.