"Real Madrid" yarim himoyachilari Toni Kroos va Luka Modrich "qirollik klubi"da qolishi mumkin. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabarlariga ko'ra, so'nggi paytlarda tarqalgan mish-mishlarga qaramay, futbolchilarning kelajagi boshqa o'yinchilarning taqdiriga bog'liq emas.
Modrich va Kroosning shartnomalari yozda tugaydi, "Real Madrid" rahbariyati hali ikkala yarim himoyachining rejalari borasida bir qarorga kelmagan. Futbolchilar yana bir mavsum uchun jamoada qolishi ehtimoli bor.
34 yoshli Kroos Ispaniya chempionatining joriy mavsumida bitta gol va 7 golga assistentlik qildi. 38 yoshli Modrich La Liganing ushbu mavsumida ikkita gol va 6 golga assistentlik qildi.