Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua La Liga chempionligini nishonlash vaqtida klub muxlislariga murojaat qildi. Bir kun avval "qaymoqranglilar"ga kubok topshirilgandi.
“Men hozir juda xursandman. Garchi bor-yo'g'i bir nechta o'yin o'tkazgan bo'lsam ham, bu men uchun navbatdagi g'alaba, yangi shaxsiy kubok. Jamoa butun mavsum davomida yaxshi o'ynadi. Biz kam gol o'tkazib yubordik, shuning uchun ham hozir shu erdamiz. "Real Madrid" Chempionlar Ligasi finalida. Umid qilamanki, biz bayramni 2 iyun kuni ham davom ettiramiz”, - dedi belgiyalik futbolchi.
Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasi finalida Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O'yin 1 iyun kuni Londonda bo'lib o'tadi.