“Real” himoyachisi Rafael Varan faoliyatini “qirollik klubi”da tugatmoqchi.
“Mening tarixim “Real”da ajoyib tarzda boshlandi. Kareramni shu jamoada tugatsam, zo'r bo'lardi. “Real”dagi har bir mavsum — men uchun yangi davr. Men o'zimni 18 yoshdek his qilyapman. Bu erda afsonaviy futbolchilar bilan o'ynash yoqimli”, dedi Varan.