Prezident Florentino Peres boshchiligidagi “Real Madrid” rahbariyati Leverkuzenning “Bayer” klubining 21 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Florian Virttsning bo'lajak transferi yo'lida ilk qadamlarni tashladi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Virtts Madrid klubining 2025/2026 yilgi mavsumdagi asosiy transfer maqsadi hisoblanadi, chunki futbolchi keyingi mavsumda "Bayer"da qolishga qaror qilgan.
Joriy mavsumda Virtts barcha turnirlarda 46 ta o'yinda qatnashib, 18 ta gol va 19 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan.