"Real Madrid" rahbariyati germaniyalik yarim himoyachi Toni Kroosni jamoada saqlab qolmoqchi. AS xabariga ko'ra, "qirollik" klubi 34 yoshli futbolchiga hamkorlikni bir mavsumga uzaytirishni taklif qilgan.
Kroos hali yakuniy qarorga kelmagan, ammo klub nemis futbolchisi taklifni qabul qilishini kutmoqda. Toni 2014 yildan beri "Los-Blankos" futbolchisi hisoblanadi.
Uning bozor qiymati hozirda 12 million evroga baholanmoqda. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida yarim himoyachi 31 ta o'yinda maydonga tushdi. Kroosda bitta gol va ettita golli uzatma bor.