"Real"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich klubdagi kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Diario AS xabariga ko'ra, 38 yoshli futbolchi "Real" bilan shartnomasini uzaytirmoqchi. Qayd etilishicha, bir oy oldin Modrich "Los-Blankos" lagerini tark etish haqida o'ylagan, biroq Chempionlar ligasi finaliga chiqqanidan keyin futbolchi fikridan qaytgan. Hozir yarim himoyachi rotatsiya o'yinchisi bo'lishga tayyor, deya qayd etadi manba.
Qayd etilishicha, "Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Modrichni jamoada saqlab qolmoqchi.
Joriy mavsumda futbolchi barcha turnirlarni hisobga olgan holda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.