Frantsiya prezidenti "Real"dan Kilian Mbappeni Olimpiadaga qo'yib yuborishini istamoqda.
Emmanuel Makron Madrid klubi Fransiya terma jamoasining 25 yoshli forvardiga Parijdagi Olimpiada turnirida ishtirok etishiga ruxsat berishini kutmoqda.
“Umid qilamanki, “Real Madrid” Kilianni Olimpiadaga qo'yib yuboradi, shunda u kelib, Frantsiya terma jamoasi tarkibida o'ynay oladi”, dedi Makron bugun internet foydalanuvchilari savollariga javob berar ekan.
Avvalroq Mbappe yangi jamoa nomini aytmagan holda "PSJ"dan ketishini e'lon qilgandi.
"Menda (Mbappening e'loni haqida) alohida izohlar yo'q", dedi Frantsiya prezidenti.