"Real"da Tibo Kurtua o'rnini muvaffaqiyatli egallagan ukrainalik darvozabon Andrey Luninga transfer bozorida talab yuqori. Bu haqda El Nacional jurnalistlari xabar bermoqda.
Darvozabonning xizmatlariga Evropaning beshta top klubi qiziqish bildirmoqda. Gap “Manchester Yunayted”, “Arsenal”, “Chelsi”, “Yuventus” va “Bavariya” haqida bormoqda. Bu klublarning barchasi ukrainalik futbolchini yozgi transfer oynasida qo'lga kiritishga harakat qiladi.
Andreyning "qirollik" klubi bilan amaldagi shartnomasi muddati 2025 yilning o'rtalariga qadar. Transfermarkt portali xabariga ko'ra, darvozabonning narxi 16 million evroga baholanmoqda.