"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Barselona" futbolchisi Jerar Pikeni siyosiy mavzularda gapirishdan ehtiyot bo'lishga chaqirdi.
Avvalroq, Pike Kataloniya mustaqilligi tarafdori ekanini tasdiqlagan edi.
"Pike tvitterda bunaqa gaplarni yozmasligi kerak. Aks holda yana terma jamoada hushtakbozlikka uchrashi mumkin. Albatta har kim o'z fikrini bayon qilishga haqli, biroq bu bilan Pike terma jamoa manfaatlariga zid yo'l tutmoqda" - dedi Ramos L’Equipe xabarida.