O'tgan yozda Karim Benzema ketganidan so'ng "Real Madrid" Xoseluni ijaraga olishga qaror qildi. 34 yoshli hujumchi foydali ekanligini isbotladi. "Bavariya"ga qarshi so'nggi o'yinda aynan Xoselu zahiradan maydonga tushib dubl qayd etgani "qaymoqranglilar"ni Chempionlar ligasi finaliga olib chiqqanini qanday eslamaslik mumkin.
Taniqli insayder Matteo Moretto huquqlari "Espanol"ga tegishli bo'lgan Xoselu bilan bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
"Xoselu bor e'tiborini qolgan o'yinlarga qaratgan va uning kelajagi joriy mavsum oxirida muhokama qilinadi. Futbolchining ustuvorligi – "Real", — deb yozdi Moretto ijtimoiy tarmoqlarda.