"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va prezident Florentino Peres 1 iyun kuni "Uembli"da bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi finalida qaysi darvozabon o'yinni asosiy tarkibda boshlashi kerakligi borasida kelishib oldi.
Relevo xabariga ko'ra, Anchelotti va Peres Tibo Kurtuaning asosiy tarkibda maydonga tushishi "Real"ning finalda g'alaba qozonish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi, deb hisoblamoqda.
Eslatib o'tamiz, belgiyalik futbolchi jarohat tufayli mavsumning katta qismini o'tkazib yubordi va faqat o'tgan hafta oxirida ilk bor maydonga tushdi.