Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchi Vinisius Junior haqida gapirdi.
“Ilgari men Vinisiusni faqat televizorda ko'rganman va uning ajoyib iste'dodi bor deb o'ylardim. Borib, uni jonli ko'rganimda, men ham hayratda qoldim. U kundalik mehnati tufayli o'z faoliyatida jiddiy o'sishga erishdi, bor e'tiborini mashg'ulotlar va uchrashuvlarga qaratgan.
"Oltin to'p"? Bugun mukofot berilmaydi. Oldinda Chempionlar ligasi finali va Amerika kubogi bor, lekin menimcha, Vinisius bu sovringa juda yaqin. U g'alaba qozonishi mumkin. Vinisius dunyodagi eng yaxshilaridan biri. Bu hozir uning vaqti. U bizga Chempionlar ligasi finaliga chiqish va La Ligani yutishimizga yordam berdi. Ammo men boshqa futbolchilarni unutishni xohlamayman", dedi Anchelotti jurnalistlarga.