"Real Madrid"ning yarim himoyachilari Toni Kroos va Luka Modrichning kelajagi tez orada ma'lum bo'ladi.
Insayder Xose Feliks Dias o'zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar berishicha, yaqin kunlarda hammasi ma'lum bo'ladi.
"Qirollik klubi" prezidenti Florenino Peres jamoa faxriylari bilan uchrashuv belgilagan va u erda ular bilan kelajakni muhokama qiladi.
Eslatib o'tamiz, “Los-Blankos” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchilarni klubda qoldirish tarafdori.