Orelen Tchuameni Chempionlar ligasi finalini o'tkazib yuborishi mumkin.
"Real Madrid" frantsiyalik yarim himoyachiga chap oyog'ida stress jarohati tashxisi qo'yilganini aytdi. Futbolchining tiklanish vaqti hali aniqlanmagan.
"The Athletic" jurnalisti Gilermo Rayning yozishicha, klub yarim himoyachining Chempionlar ligasi finalida ishtirok etish imkoniyati haqida pessimistik fikrda.
Chempionlar ligasi finalida madridliklar Dortmundning “Borussiya”si bilan to'qnash kelishadi. O'yin 1 iyun kuni "Uembli"da bo'lib o'tadi.