Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior bu yil “Oltin to'p”ni qo'lga kiritishi mumkinligi haqidagi gaplariga javob berdi.
“Hamma “Oltin to'p” haqida gapiryapti, lekin men juda xotirjamman. Bu jamoa bilan yana Chempionlar ligasida g'alaba qozonishni istayman. Bu mavsumda men katta muvaffaqiyatlarga erisha olaman, keyin esa Amerika kubogi uchun Braziliya terma jamoasi ixtiyoriga borishim mumkin. Men doim birinchi navbatda jamoalar haqida, keyin esa o'zim haqimda o'ylayman", - dedi Vinisius Goal bilan suhbatda.
1 iyun, shanba kuni Chempionlar ligasining final o'yini bo'lib o'tadi. "Real Madrid" va "Borussiya" jamoalari "Uembli" stadionidagi maydonda kubok uchun kurashadi.