Sobiq FIFA referisi Kristin Unkel "Bavariya"ning "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi nimchorakfinalining javob uchrashuvida (1:2) hakamlar ishiga oid da'volariga izoh berdi.
So'nggi daqiqalarda hakamlar o'yindan tashqari holat qayd etishdi va oradan biroz o'tib nemislar ikkinchi golni urishdi, bu gol hisoblanmadi.
"Bu epizodda ikkita xato bo'ldi. Birinchidan, yordamchi hakam bayroqni ko'tardi, bu VAR ko'rsatmalariga ziddir.
Ikkinchisi esa, bosh hakam bu signalni qabul qildi va o'z qarorini chiqarmadi", - dedi Unkel.