"Real Madrid" muxlislari "Bavariya"ga qarshi o'yinda Xoseluning o'yiniga yuqori baho berishdi.
Madrid klubi Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida 2:1 hisobida g'alaba qozonib, finalga yo'l oldi. 34 yoshli forvard zaxiradan maydonga tushdi va 88 va 91-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi.
Stadion tashqarisida turnir finaliga chiqqanini nishonlayotgan muxlislar Xoseluga “Oltin to'p”, “Oltin to'p!” deya hayqirishdi.
Turnirning final uchrashuvida Madridning “Real” klubi Dortmundning “Borussiya” jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 1 iyun kuni “Uembli”da bo'lib o'tadi.