Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi va sardori Nacho Fernandes mavsum yakunida hamon erkin agent sifatida jamoasini tark etmoqchi. Jurnalist Fabritsio Romano bergan ma'lumotlarga ko'ra, 34 yoshli ispaniyalik kelajakdagi rejalarini o'zgartirmagan.
Manbaga ko'ra, Nacho faoliyatini AQSh yoki Saudiya Arabistonida davom ettirish niyatida. Angliya Premer-ligasidan jamoaga o'tishi mumkinligi haqidagi so'nggi mish-mishlarga qaramay, Nacho, baribir, Evropada qolmaydi.
Eslatib o'tamiz, Nacho 1 iyun kuni faoliyatidagi oltinchi Chempionlar ligasi kubogini qo'lga kiritishi mumkin. Buning uchun "Real" finalda "Borussiya Dortmund"ni mag'lub etishi kerak.