"Real Betis" uchun ajoyib mavsumni yakunlayotgan Jonni Kardoso yaqinda ko'plab yirik klublarning qiziqishiga qaramay, transfer haqida o'ylamasligini aytdi.
Nyu-Jersida tug'ilgan yarim himoyachiga "Atletiko Madrid", "Barselona", "Borussiya Dortmund" va "RB Leyptsig" klublari qiziqish bildirmoqda.
O'tgan yilning dekabr oyida Braziliyaning "Internasonal" jamoasi bilan shartnoma imzolagan Kardoso "Betis" jamoasidagi ko'plab faxriylarning qattiq raqobatiga qaramay, Manuel Pellegrini uchun asosiy o'yinchiga aylandi.
"Mening reja va maqsadlarim "Betisda". Kelganimga ko'p bo'lmadi. Men ishlashni va rivojlanishni davom ettirmoqchiman. Mening taqdirim "Betis" bilan, qolganlar esa agentlarim bilan shug'ullanishi kerak", – dedi futbolchi.