Madridning “Real” klubi himoyachisi Antonio Ryudiger Chempionlar ligasi yarim finali javob uchrashuvida “Bavariya” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (2:1) finalga chiqqanini nega stul bilan nishonlaganini tushuntirdi.
“Stul bilan nishonlash David Alabaga bag'ishlandi. U jamoaning muhim qismi va muxlislar uni qo'llab-quvvatlashlari uchun stulni ko'tarish kerak edi", dedi Ryudiger CBS Sport telekanalida.