"Real Madrid" Chempionlar ligasining javob uchrashuvida kutilgan gollar soni bo'yicha "Bavariya"ni ortda qoldirdi.
Karlo Anchelotti shogirdlari 2:1 hisobida g'alaba qozonib, turnir finaliga yo'l oldi.
Madridliklar 19 ta zarbani (7 tasi nishonga aniq) amalga oshirgan, raqib esa 8 (5 ta) zarba bergan. "Real"ning xG ko'rsatkichi 3,29, "Bavariya"niki 0,41 edi.
Qayd etish kerakki, durang (2:2) bilan yakunlangan birinchi o'yinda ham ispan klubi kutilgan gollar bo'yicha nemis klubidan oldinda bo'lgandi: 2,08 – 1,7.