Tomas Myuller "Bavariya" safida Chempionlar ligasidagi 151-uchrashuvini o'tkazdi.
"Real" Chempionlar ligasi yarim final javob o'yinida Myunxen klubini mag'lub etdi (2:1) va finalga yo'l oldi.
Uchrashuvning 84-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Tomas Myuller Jamol Musiala o'rniga maydonga tushdi. Shu tariqa, bu o'yin Myuller uchun "Bavariya" tarkibidagi asosiy evrokubok turniridagi 151-o'yini bo'ldi.
Bu tarixdagi beshinchi eng yuqori ko'rsatkich bo'lib, faqatgina Krishtianu Ronaldu (183), Iker Kasilyas (177), Lionel Messi (163) va Karim Benzema (152) undan ko'proq o'ynagan.
Tarixda hech kim Chempionlar ligasida bir klub uchun ko'proq o'yin o'tkazmagan. Xavi, shuningdek, "Barselona" safida Evropaning yirik musobaqalarida 151 ta o'yinda maydonga tushgan.