Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior UEFA Chempionlar ligasi finaliga chiqqanidan keyin klub prezidenti Florentino Peresga murojaat qildi.
"Janob, Prezident, meni shunday buyuk klubga taklif qilganingiz uchun rahmat. Bu shunchaki aql bovar qilmaydigan narsa!" - deya post qoldirdi braziliyalik forvard ijtimoiy tarmoqlarda.
Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida madridliklar Myunxenning “Bavariya” jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etishdi. Birinchi uchrashuvda durang qayd etilgandi - 2:2. Nufuzli turnirning final uchrashuvida “Los Blankos” Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.