UEFA Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvida Madridning “Real” klubi o'z maydonida Myunxenning “Bavariya” klubini qabul qildi (2:1). "Los Blankos" yarim himoyachisi Toni Kroos ushbu uchrashuv haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu o'yinda "Real" yaxshiroq o'ynadi. Raqib passiv edi, myunxenliklar Madridda odatdagidan boshqacha o'ynadi. Ular asosan qarshi hujumga o'tishga harakat qilishdi. Biz pressing paytida eng zo'r emasdik, lekin jarima maydonchasi ichida xavfli edik. Jamoamiz birinchi o'yinga qaraganda ko'proq tajovuzkorlik ko'rsatdi", - dedi Kroos DAZN bilan suhbatda.
Madridning "Real" klubi Chempionlar ligasi finalida Dortmundning "Borussiya" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.