Manuel Noyer "Bavariya"ning Chempionlar ligasi yarim finalida mag'lub bo'lgani haqida gapirdi.
Madridning “Real” klubi Myunxen klubini mag'lub etib, Chempionlar ligasi finaliga chiqdi (umumiy hisobda 2:1, 4:3). "Bavariya" 2011/12 yilgi mavsumdan beri birinchi marta mavsumni sovrinsiz yakunlaydi.
88-daqiqada Noyer xatoga yo'l qo'ydi, shundan so'ng Xoselu hisobni tenglashtirdi. Vinisiusning zarbasidan keyin darvozabon to'pni qo'lida ushlab tura olmadi.
"Kim futbol o'ynagan bo'lsa, hozir qanday hissiyotlar borligini biladi. 85-daqiqagacha 1:0 hisobida oldinda bo'lganimizdan so'ng mag'lubiyatni his qilish juda achchiq edi.
London tomon bir qadam tashlagandik, o'zimizni finalda ko'rdik. Hozir esa gapim yo'q", - dedi “Bavariya” darvozaboni Noyer.