Matteys de Ligt "Bavariya"ning "Real"ga urgan goli inobatga olinmaganidan norozi.
“Hissiyotlar unchalik yaxshi emas, biz finalga juda yaqin edik. O'n daqiqa ichida biz g'alabadan mag'lubiyatga o'tdik, juda yomon oqshom.
Menimcha, hammamiz qoidalarni bilamiz. Agar ofsayd aniq bo'lmasa, o'yinni davom ettirishga ruxsat berish kerak. Bu sharmandalik.
Xoseluning goli bo'lsa, bu ofsayd edi, lekin hakam o'yinni davom ettirishlariga ruxsat berdi, nega u bizga ruxsat bermadi?", - deya ta'kidladi futbolchi.