"Real" hujumchilari Krishtianu Ronaldu va Garet Beyl jamoaning bugungi mashg'ulotini o'tkazib yubordi.
El Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Qirollik klubi etakchi futbolchilarining mashg'ulotni o'tkazib yuborish sabablari haqida ma'lumot bermagan.
Har ikkalasi ham mashg'ulot zalida turli mashqlarni bajarish bilan cheklangan. Taxminga ko'ra, ularda sog'lig'i bilan bog'liq muammolar bo'lishi mumkin.