Chorshanba oqshomida "Real Madrid" va "Bavariya" o'rtasida Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Transfer News Live nashri jurnalist Arancha Rodrigesga tayanib xabar berishicha, "Santyago Bernabeu" stadioni tomi yopiladi.
Bu ob-havo sharoiti (Madridda issiq va quyoshli) bilan emas, balki «qaymoqranglilar»ning «Bavariya» uchun dushmanlik muhitini yaratish istagi bilan bog'liq. Bu orqali muxlislarning qo'llab-quvvatlovi yana ham oshiriladi.
Darvoqe, “Real” Chempionlar ligasining avvalgi bosqichida “Manchester Siti”ga qarshi o'z uyida ham xuddi shunday hiyla ishlatgandi. O'yin 3:3 hisobida durang bilan yakunlandi.