"Bavariya"ning sobiq darvozaboni Oliver Kan jamoaning Chempionlar ligasining ikkinchi yarim finalida "Real"ga qarshi o'yinidan oldin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Men futbol olamida faolman, chunki yuragim “Bavariya” deb uradi. Men ushbu yirik o'yinda qatnashishni intiqlik bilan kutyapman. Ushbu klassik jang bilan bog'liq bo'lgan afsonalar va sheriklarim bilan uchrashish juda yoqimli bo'ladi”, deb yozadi Kan ijtimoiy tarmoqlarda.
Avvalroq, Kan stadionga taklifnomani "Bavariya"dan emas, balki "Real"dan olgani haqida ma'lumot paydo bo'lgandi.