Chorshanba oqshomida Madridning “Real” klubi Evropa Chempionlar Ligasi yarim final javob o'yinida “Bavariya”ni qabul qiladi.
Suddeutsche Zeitung gazetasi xabariga ko'ra, Madrid grandi o'yinga mashhur sobiq "Bavariya" darvozaboni Oliver Kanni taklif qilgan. Ammo myunxenliklar o'z afsonasini taklif qilishni istamadi.
Qariyb bir yil avval Oliver Kan “Bavariya” boshqaruvi rahbari lavozimidan bo'shatilgan edi. Iste'fo myunxenliklar chempionlik unvonini qo'lga kiritgandan so'ng darhol yuz berdi.
Kan hatto Bundesliga chempionligini qo'lga kiritganidan keyin "Bavariya" unga jamoa bilan bayram qilishni taqiqlaganini aytgan edi.