"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final uchrashuvida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan penaltilar seriyasi haqida gapirdi.
“Penaltilar seriyasi? Birinchi o'yinda durang qayd etildi, bu yarim final va biz hamma narsaga tayyormiz. 120-daqiqadan keyin penaltilar bo'lishi mumkin, ammo biz bu haqda o'ylab o'yinni boshlamaymiz.
"Real Madrid"ning barcha o'yinchilari penaltilarda xavfli. Ko'p narsa zarba beruvchi va darvozabon o'rtasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nigohlarga bog'liq", - deya qo'shimcha qildi "Bavariya" futbolchisi.