8 may kuni Madridda Chempionlar ligasi 1/2 finalining javob uchrashuvi bo'lib o'tadi. Madridning "Real" klubi "Santyago Bernabeu"da "Bavariya"ni qabul qiladi. Birinchi o'yin Germaniyada bo'lib o'tgan va 2:2 hisobida yakunlangandi.
Opta superkompyuteri "Real Madrid" ikkinchi o'yin favoriti ekanligini aniqladi. Sun'iy intellekt Madrid klubining 48,5% ehtimol bilan g'alaba qozonishini hisoblab chiqdi. "Bavariya"ning g'alaba qozonish imkoniyati bor-yo'g'i 27,2%.
Javob o'yini Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.