Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoaning yosh iqtidorli yarimhimoyachisi Marko Asensio bilan o'zaro hamkorlikni 2023-yil 30-iyuniga qadar davom ettiradigan bo'ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti habar beradi.
"Real Madrid" hamda Ispaniyalik futbolchi o'rtasidagi yangi shartnoma ertaga "Bernabeu" bosh ofisida imzolanadi hamda Asensio bilan rasmiy press-konferensiya tashkil etiladi. Tadbir Toshkent vaqti bilan 17:00 da bo'lib o'tadi.
RealBlancos