Madridning “Real” klubi sardori Nacho Fernandes Germaniyada bo'lib o'tadigan Evropa chempionatida ishtirok etishi mumkin. Relevo xabariga ko'ra, Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente turnir oldidan markaziy himoyachiga jiddiy qaramoqda.
Nacho Ispaniya terma jamoasiga oxirgi marta 2023 yilda Millatlar ligasi o'yinlariga chaqirilgandi. Shu bilan birga, Fernandes Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatida "qizil furiya"ni Luis Enrike boshqargan paytda ham tarkibga kiritilmadi.
34 yoshli "Real Madrid" sardori bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi.