"Real" ertaga EChL yarim final javob o'yini doirasida "Bavariya"ni o'z maydonida qabul qiladi.
Madridliklar ushbu bahsga mashhur futbolga aloqador insonlarni taklif etgan. Ularning orasida nemis futboli afsonasi Oliver Kan ham bor.
Bu Germaniyaning Sport 1 nashriga ma'lum bo'ldi. "Real Madrid" jamoasi sobiq posbonga chorshanba kungi to'qnashuvda tribunadan o'rin olishini so'rab murojaat qilgani tasdiqlandi.