"Real"ning o'ng qanot himoyachisi Dani Karvaxal "Los-Blankos" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining "Bavariya" bilan Chempionlar ligasi yarim final javob o'yini arafasida "biroz qo'rquv"ni boshdan kechirayotganini aytgan so'zlariga izoh berdi.
Uchrashuv ertaga, 8-may kuni bo'lib o'tadi.
"Janob borgan sari qo'rqib boryapti! Hechqisi yo'q, bu normal holat, chunki bizni finaldan bitta o'yin ajratib turadi va biz kuchli raqibga duch kelamiz.
Bugun kechqurun jamoadoshlarim bilan kechki ovqatdan keyin boshqa yarim finalni tomosha qilishni intiqlik bilan kutyapman.
Men go'zal daqiqalar uchun yashayman. Men qo'rquv haqida o'ylamayman, faqat futbol o'yiniga e'tibor qarataman", - deya Karvaxalning so'zlarini keltiradi AS.