Madridning “Real” klubi mavsum yakunlanishiga to'rt tur qolganda muddatidan avval Ispaniya chempioniga aylandi.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi vakillari "qaymoqranglilar"ni navbatdagi "Granada"ga qarshi o'yinda taqdirlashni xohlashdi.
Biroq madridliklar bu variantni rad etdi, chunki “Granada” kelasi turda oliy diviziondan tushib ketishi mumkin.
"Real Madrid" shunday vaziyatda taqdirlash marosimini noo'rin deb hisobladi. Marca nashri xabariga ko'ra, "Real Madrid" ikkita taqdirlash marosimini o'tkazadi. Birinchisi yakshanba kuni klub bazasida bo'lib o'tadi, ikkinchisi esa klub tomonidan 14 may kuni "Alaves"ga qarshi o'yinda o'tkaziladi.