Yarim himoyachi Toni Kroosning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. 34 yoshli futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyi oxirigacha amal qiladi va nemis futbolchisi haligacha uning mehnat shartnomasini yana bir yilga uzaytirish taklifiga javob bermadi.
"Todofichajes" nashrining Germaniyadagi manbalariga tayanib xabar berishicha, Kroos 2024 yilgi Evropa chempionatidan so'ng faoliyatini yakunlash niyatida.
Qayd etilishicha, Toni Kroos "Real"ning sport rivojiga xalaqit bermoqchi emas, shu bois u shartnoma uzaytirilishiga shubha qilmoqda. Kamroq talabchan jamoalar va ligalar bilan variantlar Toniga yoqmaydi.