Madridning “Real” klubi muddatidan avval Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida g'olib bo'ldi. Jurnalistlarning xabar berishicha, “qirollik” klubiga chempionlik kubogi mashg'ulotlar bazasida yopiq eshiklar ortida topshiriladi.
Madridliklar La Liganing navbatdagi turida Granadaga safar qilganlarida bu marosim o'tkazilishini istamayapti. Mamlakat futbol federatsiyasi kubokni yakshanba kuni klub bazasida jamoaga topshirishga qaror qildi. Uni tashkilot prezidenti Pedro Rocha shaxsan olib keladi.
8 may, chorshanba kuni “Real” Chempionlar ligasi yarim finalida “Bavariya”ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazadi.