Kelasi yozda "Real"ga o'tadigan "Palmeyras" hujumchisi Endrik irqchilik mavzusi haqida gapirdi.
“Mening terim oq emas, haqiqatan ham qora terim bor, menga bu rangni Xudo bergan. Meni bu kabi narsalar meni bezovta qilishiga yo'l qo'ymayman, ular faqat meni kuchaytiradi", - deya Endrik so'zlarini keltiradi UOL.
O'tgan mavsumda 17 yoshli braziliyalik futbolchi 53 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urgan va bitta golga assistentlik qilgan. 2024 yilning yozida Endrik 45 million evro evaziga "Real Madrid"ga o'tadi.