Madridning “Real” klubi himoyachisi Aurelien Tchuameni Chempionlar ligasining ikkinchi yarim finali doirasidagi ertangi “Bavariya”ga qarshi o'yinda jamoasining asosiy tarkibida maydonga tushadi. Eslatib o'tamiz, birinchi o'yin Germaniyada 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.
Relevo xabariga ko'ra, Tchuameni asosiy tarkibda maydonga tushadi. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti hali frantsiyalik futbolchini qaysi pozitsiyada o'ynashiga qaror qilgani yo'q.
Futbolchi yarim himoyachi sifatida, shuningdek, himoya markazida Antonio Ryudiger bilan juftlik hosil qilishi mumkin.