Madridning "Real" klubi "River Pleyt" yarim himoyachisi transferi bo'yicha muzokaralarning yangi bosqichini rejalashtirgan. Gap kelajakda "Santyago Bernabeu"ga o'tishga tayyor bo'lgan 16 yoshli Franko Mastantuono haqida ketmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko'ra, qirollik klubi tez orada argentinalik hamkasblari bilan bog'lanib, yosh yarim himoyachining transferi bo'yicha muzokaralar olib boradi.
Manbaga ko'ra, "Real" 45 million evro miqdorida tovon puli to'lashga tayyor. Biroq bu summani bir nechta to'lovlarga bo'lib olmoqchi.