Chorshanba oqshomida "Real Madrid" va "Bavariya" Chempionlar ligasi yarim finalining javob uchrashuvini o'tkazadi.
Tomas Myuller uchun bu "Santyago Bernabeu"dagi faoliyatidagi oltinchi o'yin bo'ladi. Tajribali futbolchi ushbu stadion haqida fikr bildirdi.
"Bu o'yinni kutishga sabrim yo'q, stadion yaqinda ta'mirdan chiqarildi. "Bernabeu"da meni eng ko'p hayratga soladigan narsa shundaki, u shaharning eng markazida joylashgan. Siz biron bir hududdasiz, bir kvartalni bosib o'tasiz va to'satdan 80 ming o'rinli stadionni ko'rasiz. Madridda futbol haqiqatan ham muhim", - dedi Myuller "Bavariya" matbuot xizmatiga.
Eslatib o'tamiz, birinchi yarim final uchrashuvida “Bavariya” va “Real” 2:2 hisobida durang o'ynagan edi.