"Bavariya" yarim himoyachisi Tomas Myuller Chempionlar ligasi doirasida "Real"ga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi.
"Real Madrid" juda xavfli raqib, lekin ular bilan o'ynash mumkin. Bu o'tkir pichoq ustidagi teng o'yin bo'ladi.
Futbolning ko'p qismi xotirjamlik va yakuniy imkoniyatlarga bog'liq. "Shtutgart" bilan o'yinda 1:1 hisobida gol urish uchun bir qancha qulay imkoniyatlarga ega bo'ldik, ammo ulardan foydalana olmadik.
Imkoniyatlarni boy bersangiz, yutqazasiz. Agar siz o'z imkoniyatingizdan foydalansangiz, g'alaba qozonasiz. Hammasi oddiy", - dedi Myuller.
"Real Madrid" - "Bavariya" uchrashuvi 8 may kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi. Birinchi o'yin 2:2 hisobida yakunlangandi.