"Real Madrid" yulduzi Vinisius Junior shanba oqshomida 36-La Liga chempionligini nishonladi.
Braziliyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda "Barsa" yulduzlaridan biriga "tosh otdi".
"Barselona"ning "Real" ustidan qozongan g'alabalaridan birida, "el-klasiko"dan so'ng, aniqrog'i, 2023 yilgi Ispaniya Superkubogi vaqtida Ronald Arauxo raqiblarini 3:1 hisobida mag'lub etib, "yangi davr" boshlanganini matbuotda e'lon qilgandi.
Ammo o'sha kundan beri "Real Madrid" so'nggi oltita "klasiko"ning to'rttasida g'alaba qozongan.
Vinisius tvitterda "Real Madrid"ning yosh futbolchilari ro'yxatini va ular qo'lga kiritgan unvonlar sonini "yangi davr" sarlavhasi bilan keltirdi va Arauxoning so'zlariga nisbatan nafrat bilan qaradi.